“Manchester Siti” oʻz maydonida durang oʻynadi
Kecha, 4-yanvar kuni Angliya Premyer ligasining 20-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Manchester Siti” klubi oʻz maydonida “Chelsi”ni qabul qildi.
Uchrashuvda hisob 42-daqiqada “shaharliklar” aʼzosi Tijjani Reynders tomonidan ochildi. Birinchi boʻlim 1:0 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimga qoʻshib berilgan daqiqalarda esa “Chelsi” futbolchisi Enso Fernandes uchrashuvda hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa oʻyin 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Abduqodir Husanov 51-daqiqada zaxiradan oʻyinga qoʻshildi. U jarohat olgan jamoadoshi Yoshko Gvardiolning oʻrnini egalladi.
Lekin afsuski, oʻyin Husanov uchun omadli oʻtmadi. “Sofascore” portali oʻyindan soʻng uning bahsdagi harakatlarini 6,4 ballga baholadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring