“Manchester Siti” “Liverpul” bilan oʻynaydi
Kecha, 9-mart kuni Angliya futbol assotsiatsiyasi kubogi musobaqasining chorak final bosqichiga qurʼa tashlandi. Bu haqda musobaqaning rasmiy sahifasida xabar berildi.
Unga koʻra, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Abduqodir Husanov toʻp surayotgan “Manchester Siti” klubi ushbu bosqichda Arne Slot boshchiligidagi “Liverpul” klubi bilan kuch sinashadi.
Chorak finalning qolgan juftliklari esa quyidagicha koʻrinish oldi:
“Chelsi” — “Port Veyl”;
“Sautgempton” — “Arsenal”;
“Vest Hem” — “Lids Yunayted”.

Maʼlumot uchun, musobaqaning chorak final oʻyinlari 4-aprel sanasida start oladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring