Mamlakatimizdagi barcha maktablarda lll chorak boshlandi
Foto: Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot xizmati
Bugun, 23-yanvar kuni respublikaning barcha umumtaʼlim maktablarida oʻqish jarayonlari boshlandi.
Sinf xonalarda havo haroratini meʼyor darajasida saqlash imkoniyati boʻlmagan maktablarda oʻquv jarayonlari vaqtincha masofaviy shaklda boshlandi.
Hududlardan olingan maʼlumotlarga koʻra, ayni damda 10104 ta maktabdan 9387 tasida oʻquv jarayonlari anʼanaviy shaklda, 717 tasida masofaviy shaklda olib borilmoqda.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tegishli vazirlik va idoralar, hududiy hokimliklar, kommunal xizmati tashkilotlari bilan birgalikda taʼlim muassasalarida oʻqish jarayonlarini tashkil etish yuzasidan barcha zarur choralarni koʻrib, bosqichma-bosqich masofaviy taʼlim shaklida boʻlgan maktablarni ham anʼanaviy shaklga oʻtkazish choralari koʻriladi.
Quyidagi havolalar orqali hududlar kesimida oʻquv jarayonlari masofaviy hamda anʼanaviy shaklda tashkil etilgan maktablar roʻyxati bilan tanishishingiz mumkin:
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring