Mamlakatimizda estetik tibbiyot boʻyicha eng tajribali muassasa tashkil etilganiga 90 yil boʻldi — SSV
Dunyoda estetik tibbiyot tez rivojlanmoqda. Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mamlakatimizda bu yoʻnalishdagi bosh muassasadir.
2022-yil tashkil etilganiga 90 yil boʻlgan ushbu markaz faoliyati, u yerda amalga oshirilayotgan asosiy texnologik amaliyotlar haqida muassasaning dermatokosmetologiya boʻlimi mudiri Bobur Toirov shunday deydi:
— Ayni paytda shifoxonamizda quyidagi yangi innovatsion texnologik davolash usullaridan foydalanilmoqda:
— lazer texnologiyalari yordamida bartaraf etiladigan terining xusnbuzar, chandiqli, tugʻma qon-tomir kasalliklari;
— pigmentatsiyalar;
— tatuajlarni yoʻqotish;
— vitiligoni davolashda melanotsitar autotransplantatsiya;
— trixologiyada soch koʻchirib oʻtkazish operatsiyalari shular jumlasidan.
Joriy yil muassasada Markaziy Osiyoda ilk bor soch koʻchirib oʻtkazishning yangi innovatsion usullari tatbiq etildi. Soch tolalarini koʻchirib oʻtkazishdan tashqari unga rang berish amaliyotlari, qosh, soqol ektirish usullari ham yoʻlga qoʻyildi.
Markazning plastik jarrohlik boʻlimida esa yuzdagi estetik operatsiyalar:
— otoplastika;
— rinoplastika;
— blefaroplastika;
— yuz-jagʻ sohasidagi tugʻma va orttirilgan nuqsonlarni bartaraf etish;
— tanadagi estetik yetishmovchiliklarni tuzatish;
— yuz ajinlarini ketkazish;
— quloq suprasining tugʻma va orttirilgan nuqsonlarini autotransplantat va teri koʻchirib oʻtkazish bilan tiklash;
— shalpangquloqlik va quloq deformatsiyalarini toʻgʻrilash;
— yuqori labdagi tugʻma nuqsonlarni bartaraf qilish;
— uranoplastika;
— yuqori qovoqlar tugʻma ptozi;
— rinofima kasalligi;
— makro va mikrognatiyada yuqori jagʻ va pastki jagʻ osteotomiyasi;
— abdominoplastika kabi qator noyob amaliyotlar oʻtkazib kelinmoqda.
Plastik xirurgiya boʻlimida oʻtgan 9 oy davomida 520 dan ortiq ana shunday murakkab amaliyotlar muvaffaqiyatli bajarildi.
Yurtimizda joriy yil 7-8-oktyabr kunlari oʻtkazilgan dermatovenerologlarning VIII qurultoyida ishtirok etgan dunyoning 30 dan ortiq davlatlari yetakchi olimlari ham mamlakatimizda bu sohada erishilgan yutuqlarni eʼtirof etib, oʻzlarining ilmiy-amaliy tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar.
Bu muloqot muassasamizning kelgusidagi faoliyatini yanada rivojlantirishda ham nihoyatda ahamiyatli boʻldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring