“Malik Qayumov xotirasiga 65 yil” fotokoʻrgazmasi oʻtkaziladi
“Ipak yoʻli durdonasi” XV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida oʻzbek milliy kinosi tarixiga oid “Oʻzbek kinosiga 115-yil” nomi ostida bir qator tadbirlar boʻlib oʻtadi.
Jumladan, “Kinochilar uyi”da oʻzbek kinosi dargʻalaridan biri kinorejissyor va operator Malik Qayumov xotirasiga bagʻishlangan fotokoʻrgazma tashkil etiladi.
Maʼlumot uchun, Malik Qayumovning “Qudratli oqim”, “Toshkent toʻqimachilik kombinati”, “Oʻzbekiston geografiyasi”, “Ona diyor”, “Toʻrt darvozali shahar”, “Farhod chiroqlari”, “Hindiston tongi”, “Toshkent, zilzila” va “Oʻzbek atlasi” kabi filmlari oʻzbek badiiy va hujjatli kinosi rivojida muhim ahamiyat kasb etadi.
U Oʻzbekiston xalq artisti. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi va Mehnat qahramoni kabi yuksak unvonlarga sazovor boʻlgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring