Malaka toifa berishning yangi tartibi tajriba-sinovdan oʻtkaziladi

13:39 28 Noyabr 2023 Jamiyat
283 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Tajriba-sinov jarayonlari 2022-yilgi attestatsiyada nisbatan past koʻrsatkichlarni qayd etgan tuman va shaharlarda oʻtkazilishi belgilagan.

Umumtaʼlim muassasalarida faoliyat koʻrsatayotgan pedagoglar uchun toifa berishning yangi tartibi asosida oʻtkaziladigan tajriba-sinov jarayonlari 5-7-dekabr kunlari quyidagi tuman va shaharlarda oʻtkaziladi:

1. Xorazm viloyati - Hazorasp tumani;
2. Buxoro viloyati - Olot tumani;
3. Navoiy viloyati - Konimex tumani;
4. Fargʻona viloyati - Oltiariq tumani;
5. Namangan viloyati - Yangi Namangan tumani;
6. Toshkent shahri - Yangihayot tumani;
7. Samarqand viloyati - Urgut tumani;
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi -Qorauzak tumani;
9. Andijon viloyati - Andijon shahri va Paxtaobod tumani;
10. Surxondaryo viloyati - Boysun va Sherobod tumanlari;
11. Sirdaryo viloyati - Sayxunobod va Sirdaryo tumanlari;
12. Jizzax viloyati - Baxmal va Gʻallaorol tumanlari;
13. Toshkent viloyati - Boʻka va Ohangaron tumanlari;
14. Qashqadaryo viloyati - Qamashi va Chiroqchi tumanlari.

Qayd etish joizki, malaka, sinov aprobatsiyasi natijalaridan test topshiriqlari va tajriba jarayonlari tahlili uchun foydalaniladi.

Pedagoglarni tajriba-sinovda qatnashganlik natijalari ularga malaka toifalarini belgilashda yoki lavozimiga loyiqlik masalalarini koʻrib chiqishga taʼsir qilmaydi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni pedagog kadrlarga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinishi 2024-yildan boshlab oʻtkazilishi belgilangan. Malaka toifasi berishning yangi tartibi joriy qilinguniga qadar malaka toifasini olish boʻyicha sinovlarni oʻtkazishga moratoriy joriy etilgan boʻlib, moratoriy davomida pedagog kadrlar navbatdagi malaka toifasini olish sinovlariga jalb etilmasligi hamda ularning malaka toifasini tasdiqlovchi sertifikatning amal qilish muddati navbatdagi sinovlarga jalb qilinguniga qadar avtomatik ravishda uzaytirilishi belgilab qoʻyilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер