Malayziyaning yangi elchisi Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlarining nusxalarini topshirdi
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun yangi tayinlangan Malayziya elchisi Ilxam Tua bin Illiasdan ishonch yorliqlarining nusxalarini qabul qilib oldi.
“Malayziyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlangan Ilxam Tua bin Illias janoblaridan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilishdan mamnunmiz, deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram kanalida. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi jamoasi bilan birgalikda janob elchini Oʻzbekiston — Malayziya aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan diplomatik missiyasini amalga oshirishda qoʻllab-quvvatlaymiz”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring