Malayziya Bosh vaziri Mustaqillik monumenti poyiga gul qoʻydi

15:23 17 May 2024 Siyosat
481 0

Rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qoʻydi.

Oliy martabali mehmon Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari bilan barpo etilgan majmua meʼmoriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari bilan atroflicha tanishdi.

Vatanimizning koʻp ming yillik tarixida yuz bergan eng muhim voqealarni oʻzida ifoda etgan ushbu majmua Malayziya delegatsiyasida katta taassurot qoldirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер