Maktablardagi laborant lavozimi tugatiladi
Illyustrativ foto
Oʻzbekistonda fizika va kimyo fani oʻqituvchilariga kabinet mudirligi uchun har oy qoʻshimcha haq toʻlanadi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrugʻi bilan umumiy oʻrta taʼlim sohasida bir-birini takrorlovchi samarasiz xarajatlarni maqbullashtirish hamda davlat byudjeti hisobidan ajratilayotgan mablagʻlardan samarali va oqilona foydalanishni taʼminlash maqsadida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumtaʼlim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Maktablardagi laborant lavozimi tugatilib, fizika va kimyo fani oʻqituvchilaridan bir nafariga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 50 foiz miqdorida (525 ming soʻm) kabinet mudirligi uchun har oy qoʻshimcha haq toʻlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring