Maktablarda qishki taʼtil 1-martgacha davom etishi toʻgʻrisidagi xabarlar asossiz — XTV
Xalq taʼlimi vazirligi umumtaʼlim maktablarda qishki taʼtil uzaytirilgani toʻgʻrisida ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan xabarlar yuzasidan rasmiy axborot berdi.
“Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan qishki taʼtil 1-martga qadar uzaytirilganligi haqidagi xabar yolgʻon ekanligini maʼlum qilamiz”, deyiladi XTV matbuot xizmati xabarida.
Avvalroq Xalq taʼlimi vazirligi qishki taʼtil muddati 24-yanvargacha davom etishi toʻgʻrisida eʼlon qilgandi.
Vazirlikning bildirishicha, tizimdagi kadrlar malakasini Milliy oʻquv dasturlari asosida oshirish kurslarini tashkil etish, shuningdek, oʻquvchilar oʻrtasida mavsumiy gripp kasalligi keskin koʻpayishining oldini olish maqsadida qishki taʼtil kunlari 24-yanvarga qadar uzaytirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring