Maktablarda oʻquvchilarga tibbiyot xodimlari biriktiriladi
Maktablarda oʻquvchilarga tibbiy xizmat koʻrsatish uchun tibbiyot muassasalari tomonidan tibbiyot xodimlari biriktiriladi.
Tibbiyot xodimlari maktab rahbariyati va pedagog xodimlar bilan bir qatorda davolash-profilaktika tadbirlarini tashkil etish, sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya qilish, ovqatlanish rejimi va sifatiga, oʻquvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va sogʻlomlashtirish uchun masʼuldirlar.
Bunda maktab rahbariyati tomonidan tibbiyot xodimlarining faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar (maxsus joy, mebel va tibbiy jihozlar, birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun zarur boʻlgan dori-darmonlar) yaratib berilishi zarur.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring