Maktablarda kuzgi kanikul qachon boshlanadi?
Arxiv foto
“Huquqiy axborot” kanali bunga shunday javob berdi.
“Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi nizomga koʻra, maktabda taʼtillarning (kanikul) muddatlari quyidagicha belgilangan:
-kuzgi taʼtil — 4-noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
- qishki taʼtil — 28-dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
-bahorgi taʼtil — 21-martdan boshlab 7 kalendar kun;
- yozgi taʼtil — oxirgi bosqichli nazorat sinovi oʻtkazilgan kundan (bosqichli nazorat oʻtkazilmaydigan sinflar uchun oʻquv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1-sentyabrgacha.
Taʼtilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga toʻgʻri kelib qolgan taqdirda, dars mashgʻulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.
I sinf oʻquvchilari uchun fevral oyi davomida qoʻshimcha bir haftalik taʼtil belgilanadi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring