Maktablarda isitish tizimi uzluksizligi taʼminlanadi
Xabaringiz bor, joriy yilning 24-yanvaridan bir oy muddatga umumtaʼlim maktablarida oʻquv jarayoni onlayn shaklga oʻtkazildi. Oʻqituvchilar maktablarda oʻzlarining lavozim majburiyatlari bilan bogʻliq faoliyatni davom ettirishlari belgilandi.
Shundan soʻng ijtimoiy tarmoqlarda oʻqituvchilardan bolalar maktabga kelmasligi sababli maktablarda isitish tizimi oʻchirib qoʻyilishi yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
Shularni inobatga olgan holda, xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Ibrohim Joʻrayev maktablarda issiqlik taʼminotini uzluksizligini taʼminlash yuzasidan ZOOM platformasi orqali hududlardagi masʼullar bilan videokonferensaloqa shaklida tezkor yigʻilish oʻtkazdi.
Vazir oʻrinbosari hududlarga maktablarda ish faoliyatini amalga oshirayotgan oʻqituvchilarga zarur shart-sharoitlarni yaratish choralarini koʻrish boʻyicha koʻrsatma berdi.
Jumladan, barcha maktablar kuz-qish mavsumiga tayyorligi, sinf xonalarini isitishga barcha zarur vositalar mavjudligi bois maktablarda isitish tizimini uzluksizligini taʼminlashga viloyat boshqarma boshliqlariga shaxsan masʼul ekanliklari qayd etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring