Maktablar va universitetlarda koronavirus sababli taʼtil eʼlon qilindi
Turkiya prezidenti boshchiligida yangi turdagi koronavirus tarqalishiga qarshi chora-tadbirlar toʻgʻrisida yigʻilishda 16-martdan boshlab mamlakatdagi boshlangʻich va oʻrta maktablarga bir hafta davomida taʼtil eʼlon qilinishi boʻyicha qaror qabul qilingan. Bu haqda prezident matbout kotibi Ibrohim Kalin xabar berdi.
“Oʻquvchilar 23-martdan boshlab bir hafta davomida uyda internet va televizion kanallar yordamida tahsil olishadi.
Bizning fuqarolarimiz faollik koʻrsatgan holda, vahima qilmay rasmiy bayonotlarni tinglash va tavsiyalarga diqqat bilan rioya qilish orqali bu jarayonni yengib oʻtishlari juda muhimdir”, degan u.
Shu bilan birgalikda, 16-martdan boshlab universitetlar 3 hafta taʼtilga chiqishi maʼlum qilingan.
Eslatib oʻtamiz, 10-mart kuni Turkiyada yangi turdagi COVID-19 koronavirusi bilan kasallanish boʻyicha dastlabki holat aniqlan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring