Maktablar “tashvish tugmalari” bilan jihozlanadi
Illyustrativ foto
Hukumat qarori bilan Milliy gvardiyaning qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari tomonidan qoʻriqlanadigan obyektlar roʻyxati tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Shunga koʻra, Milliy gvardiya manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 2020-yil yakuniga qadar tasdiqlangan roʻyxatga asosan obyektlarni bosqichma-bosqich qabul qilib oladi va qoʻriqlanishini taʼminlaydi.
Qarorga muvofiq, maktablar va diniy tashkilotlarning obyektlari “tashvish tugmalari” bilan jihozlanadi.
Banklar va ular filiallarining qoʻriqlanishini tashkil etish shartlari Milliy gvardiya va Markaziy bank birgalikda tasdiqlagan qoidalarga asosan belgilanadi.
Milliy gvardiya qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari tomonidan obyektlarni qoʻriqlash bilan bir qatorda tranzit yuklarni, transportdagi moddiy boyliklarni, portlovchi, radioaktiv (zaharli) va boshqa vositalarni qurolli qoʻriqlash-kuzatish amalga oshirilishi mumkin.
Shuningdek, jismoniy shaxslarga va tadbirkorlarga tegishli obyektlar ularning ixtiyoriga koʻra tuzilgan shartnomalarga asosan qoʻriqlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring