Maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun “Keytering” xizmati tashkil etildi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Toʻrtkoʻl tumani maktabgacha taʼlim tashkilotlarining bolalarini sogʻlom ovqatlantirish boʻyicha tajriba-sinov tariqasida “Keytering” xizmati tashkil etildi.
Toʻrtkoʻl tumani 8-, 9-, 14-, 16-, 20-maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarini sogʻlom ovqatlantirish boʻyicha tajriba-sinov tariqasida “Keytering” ovqatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyildi.
Maʼlumot uchun: keytering (sayyor xizmat) — kofe-breyklar, tushliklar degan maʼnoni bildiradi.
Bu maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “DXSH Tórtkól maxsus taomtaomtaʼminoti“ MCHJning ”Bolalar taomlarini tayyorlash” keytering kombinati tomonidan tayyor oziq-ovqatlar berildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring