Maktab qurgan tadbirkorga qanday imtiyoz bor?

11:18 14 Dekabr 2019 Jamiyat
1128 0

Foto: Hasan Paydoyev, "Xalq so'zi"

Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida yangi tahrirdagi Soliq kodeksida nazarda tutilgan imtiyozlar va yangiliklar xususida soʻz bordi. Jumladan, senator Abduqodir Toshqulov quyidagicha savol bilan murojaat qildi:

- Soliq sohasidagi imtiyozlarni belgilashda qanchalik adolatga rioya qilinmoqda? Unda oʻz tashabbusi bilan maktab yoki bogʻcha qurayotgan tadbirkorlar uchun qanday imtyozlar belgilanmoqda? Tadbirkorlar bilan suhbatlashganimizda, mana shunday xayriya tadbirlarini rohat bilan qila olmayotganini aytishadi. Shunday ezgu tashabbuslar bilan chiqayotgan tadbirkorlarimizni qanday qoʻllab quvvatlasak boʻladi?

Behzod Musayev, Davlat Soliq qoʻmitasi raisi:

- Hozirda mahalliy hokimliklarga har chorak oxirida tushgan soliq daromadlarini oʻzi tasarruf etishi belgilangan. Endi xayriya nuqtayi nazaridan qaraganda, bitta raqam keltirib oʻtaman. Oʻtgan yilda oʻn sakkiz millaird soʻmlik xayriya tadbirlari aynan imtiyozlarni qoʻlga kiritgan tadbirkorlar tomonidan amalga oshirgan. Xayriya qilganligi uchun alohida soliqlarni belgilash degan tushuncha yoʻq. Byudjetga tushgan pul mahalliy Kengashlarda deputatlar tomonidan maʼqullanib, keyin taqsimlanadi.

Senatorlar “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini maʼqulladilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер