Maktab oʻquvchilari oʻgʻrilikka qoʻl urdi

13:57 02 Iyun 2020 Jamiyat
1080 0

Surxondaryo viloyati Angor tumanida joriy yilning 31-may kuni, tumanning “Navroʻz” mahallasida yashovchi X.S. ismli ayol tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 30-may kuni, nomaʼlum shaxslar yashash uyidan fuqarolik pasporti, uyining kadastr hujjatlari, qizining tugʻilganlik guvohnomasi, 8.400.000 (sakkiz million toʻrt yuz ming) soʻmlik tillo zanjirini, 4.550.000 (toʻrt million besh yuz ellik ming) soʻmlik 3 dona tilla uzuklarini va 700.000 (yetti yuz ming) soʻmlik bir juft tillo ziragini oʻgʻirlab ketishganligini bildirgan. 
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan koʻrilgan tezkor choralar natijasida ushbu jinoyatni tumanning “Navroʻz” mahallasida doimiy roʻyxatda turib, Toshkent shahrida yashovchi maktab oʻquvchisi X.Ya. va tumanning “Guliston” mahallasida yashovchi maktab oʻquvchisi X.A.lar sodir etishganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalillar olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2020-yilning 1-iyun kuni X.Ya. va X.A.larga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «v,g» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер