Maktab darsliklari sifat jihatdan ham toʻliq tanqidiy koʻrib chiqiladi
Foto: Arxiv surat
Maktab darsliklariga oid davlat rahbarining tegishli topshirigʻidan soʻng, Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov mazkur masala boʻyicha tanqidiy yigʻilish oʻtkazgan.
Unda barcha maktab darsliklarini kompleks tekshiruvdan oʻtkazish, ulardagi mavjud xato va kamchiliklarni aniqlash, sifatini yaxshilash boʻyicha ishchi guruh tuzilgan.
Hisob palatasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va Xalq taʼlimi vazirligiga 1 oy muddatda darsliklarni tayyorlash, nashr etish, tannarx va tarqatish tizimini tanqidiy koʻrib chiqish, davlat buyurtmasi bajarilishining shaffof va samarali tizimini joriy etish vazifasi belgilandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring