Makka va Madinada komendantlik soati joriy qilindi
Saudiya Arabistoni hukumati musulmonlar uchun muqaddas boʻlgan Makka va Madina shaharlarida komendantlik soatini joriy qildi. Bu haqda “Al-Arabiya” telekanali xabar berdi.
Endi har ikkala shahar aholisi faqat zarurat boʻlgan holatlarda (oziq-ovqat sotib olish yoki tibbiy yordam olish uchun) soat 6:00 va 15:00 oraligʻida uydan chiqishi mumkin. Fuqarolarga oʻz kvartallari doirasida harakatlanish tavsiya qilinadi.
Tadbirkorlikning har qanday turi toʻxtatiladi. Faqat dorixonalar va oziq-ovqat doʻkonlarining ishlashiga ruxsat beriladi.
Saudiya Arabistoni qirolligi Ichki ishlar vazirligi xabariga koʻra, bu cheklovlar harbiylarga, xavfsizlik xizmati xodimlariga, ommaviy axborot vositalariga, shuningdek, tibbiy muassasa xodimlariga taalluqli emas.
Telekanal bergan maʼlumotga koʻra, 3-aprel holatiga Saudiya Arabistonida koronavirus bilan xastalanganlar soni 1885ni tashkil qiladi. Ulardan 21 nafari vafot etgan, 328 nafari sogʻayib ketgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring