Maxsus ishchi guruh Yakkasaroy tumaniga tashrif buyurdi
Kuni kecha shahar va tuman hokimliklari, tuman sektor rahbarlari, boshqa tegishli tashkilotlar mutasaddilaridan iborat maxsus ishchi guruh Yakkasaroy tumaniga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida tuman mahallalarining infratuzilmasi, tozaligi, obodonlashtirish ishlari, mavjud muammolari oʻrganildi. Noqonuniy qurilmalar aniqlanib, ularni bartaraf etish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Shu jumladan markaziy koʻchalar boʻylab yoʻl yuzida joylashgan koʻp qavatli turar joy va maʼmuriy binolarga tutash hududlarni obodonlashtirish, ulardagi yozuv va peshlavhalarni talab darajasiga keltirish boʻyicha topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Shahrimiz tumanlarida oʻrganish ishlari davom etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring