Maxsus guvohnomaga ega boʻlmasdan tekshiruv oʻtkazgan davlat xodimi jarimaga tortildi
Biznes-ombudsman tomonidan doimiy ravishda tadbirkorlarning faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlar qonuniyligi ustidan nazorat amalga oshiriladi va ushbu yoʻnalishdagi huquqbuzarliklar boʻyicha tegishli choralar koʻriladi.
Xususan, Qashqadaryo viloyat davlat moliyaviy nazorat boshqarmasi shoʻbasi mudiri A.A. (ismi oʻzgartirilgan) tomonidan maxsus guvohnomasiga ega boʻlmagan holda “Business” MCHJ (nomi oʻzgartirilgan) faoliyatida tekshiruv oʻtkazish holati aniqlangan.
Ushbu holat boʻyicha, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 2412-moddasiga asosan Qashqadaryo viloyat davlat moliyaviy nazorat boshqarmasi shoʻbasi mudiri A.A. ga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma rasmiylashtirildi va 9,8 million soʻmlik jarima jazosi qoʻllanildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring