May oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar oʻrtacha 0,5 foizga oshgan
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning may oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar oʻrtacha 0,5 % ga oshgan.
2023-yilning may oyida narxlar va tariflar oʻsishida oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat tovarlari va aholiga pullik xizmatlar koʻrsatish narxlari mos ravishda oʻrtacha 0,5 foizga oshgani kuzatilgan.
Isteʼmol sektoridagi narxlarning yillik oʻsish darajasi 10,4 % ga yetdi.
Yil boshidan buyon isteʼmol sektoridagi narxlar indeksi oʻrtacha 3,8 % ga oʻsgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring