Mahalliy transformator ishlab chiqarishni rivojlantirish – barqaror elektr taʼminotining muhim omili

16:46 08 Fevral 2023 Siyosat
827 0

Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi “Aysel Energy” masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.

Maʼlumki, bu yilgi qish ancha sovuq boʻlgani elektr energiyasi tizimidagi muammolarni yaqqol yuzaga chiqardi. Xususan, ayrim eski transformatorlar yuklanishni koʻtara olmay, elektr taʼminotida uzilishlar kuzatildi.

Davlatimiz rahbari soha mutasaddilariga elektr tarmoqlarini yangilash, zarur jihozlar ishlab chiqarishni kengaytirish boʻyicha topshiriqlar bergan edi. Bu tashrif oʻsha vazifalar ijrosi, kelgusida energetik muammolarning oldini olishga qaratilgan ishlarning bir qismi.

“Aysel Energy” yiliga 10 ming dona yirik elektr uskunalari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Turkiya texnologiyasi oʻrnatilgan korxonada mahalliylashtirish darajasi 70 foizga yetgan. Natijada mahsulot ishlab chiqarish tannarxi va oʻrnatish xarajati kam. Bu eskirgan transformatorlarni nafaqat poytaxtda, balki butun respublikada yangilash imkonini beradi.

Mutasaddilar bu yil mamlakatimizda 3 ming 200 ta transformator, 12 ming kilometr kabellarga zarurat borligi haqida axborot berdi. Davlatimiz rahbari import tahlilidan kelib chiqib, ishlab chiqarish hajmini oshirish, mahalliy mahsulotlarga buyurtmalarni koʻpaytirish muhimligini taʼkidladi.

Umuman, energetika sohasidagi bunday ishlar elektr tarmoqlarining barqarorligini oshirishda muhim omil boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер