Mahalliy Kengashlar oʻz devoniga ega boʻladi

16:28 21 Avgust 2020 Siyosat
865 0

Soʻnggi yillarda mahalliy Kengashlarning nazorat faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan huquqiy asoslar yaratilib, hokim, uning oʻrinbosarlari, prokuratura, adliya, ichki ishlar va sogʻliqni saqlash idoralari rahbarlarining tegishli Kengashlar oldida hisobdorligi qonunlarda belgilab qoʻyilgan boʻlsa-da, bu ishlar amalga oshirilshini tashkil etish, Kengashlar faoliyati uygʻun kechishi uchun shart-sharoitlar yaratish kutilgan darajada emasdi. Bunga esa, xalq deputatlari Kengashlarining tashkiliy faoliyatiga koʻmaklashuvchi boʻlinmaning mavjud emasligi, mazkur vazifa hokimliklarning apparati (Tashkiliy-nazorat guruhlari) ixtiyoriga tashlab qoʻyilgandi.

Shundan kelib chiqib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2020-yil 21-avgust kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi majlisida deputatlarning qonunchilik tashabbusi bilan kiritilgan — “Xalq deputatlari Kengashlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunining loyihasi koʻrib chiqildi.

Loyiha bilan xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi faoliyatiga tashkiliy, texnikaviy va boshqa xizmatlar koʻrsatish vazifasini endilikda xalq deputatlari Kengashi kotibiyati zimmasiga yuklash nazarda tutilmoqda. Kotibiyat yuridik shaxs hisoblanib, uning faoliyati tegishli mahalliy byudjet hisobidan moliyalashtiriladi.

Deputatlarning qayd etishicha, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari faoliyatiga bevosita koʻmaklashuvchi tuzilmani tashkil qilish orqali hokimliklarning apparati zimmasidan oʻziga xos boʻlmagan vazifalar soqit qilinadi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuboriladigan boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер