“Mahalla yettiligi” oʻquv-seminari

11:31 02 Iyul 2024 Jamiyat
273 0

Said Donishev/“Xalq soʻzi”. Arnasoy tumanida Respublika ishchi guruhi tomonidan aholi muammolari va murojaatlari bilan ishlash va ularni hal etish, kambagʻallikni qisqartirish, bandlikni taʼminlash hamda murojaatlar bilan ishlashni kuchaytirish boʻyicha oʻrganish ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur oʻrganishlar doirasida Davlat boshqaruvi akademiyasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Jizzax viloyati filiali va Jizzax viloyat hokimligi hamkorligida tuman sektor rahbarlari hamda “mahalla yettiligi” aʼzolari uchun oʻquv-seminarlar boshlandi.

Mashgʻulotlarda tuman sektor rahbarlari va tegishli “mahalla yettiligi” tizimi masʼullarini mahallalarda kambagʻallik va ishsizlikni qisqartirish, migratsiyadan qaytganlar bilan ishlash va jinoyatchilikni kamaytirish, mahalladagi mavjud salohiyatdan toʻla foydalanish, “Mahalla byudjeti”ni shakllantirish, “Mahalla yettiligi”ning ijtimoiy-iqtisodiy, qurilish va kommunal sohada amalga oshiradigan ishlari boʻyicha maʼruzalar boʻlib oʻtdi.

Dastur asosida uch kunga moʻljallangan oʻquv-amaliy seminarlar Davlat boshqaruv akademiyasi professor-oʻqituvchilari, hududiy trenerlar va sohada faoliyat olib borayotgan masʼullar tomonidan olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер