Madridda Muhammad al-Xorazmiyga haykal oʻrnatildi
Ispaniya poytaxti Madrid shahridagi Komplutens (Complutense) universitetining fizika fakulteti binosi oldida buyuk matematik olim, astronom va geograf Muhammad Muso al Xorazmiy haykali oʻrnatildi. Maʼlumki, zamonaviy algebra fanining asoschisi boʻlgan al Xorazmiyning algebraik risolasi — «Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va al-muqobala» 1145-yili Sevilyada (Ispaniya) Robert Chester tomonidan lotin tiliga tarjima qilingan.Oʻnlik sanoq sistemasini kashf etgan buyuk mutafakkir olim asarlariga Yevropa olimlari qayta-qayta murojaat qilib, u asosida darsliklar yozganlar. Harbiy dengiz ligasi va Oʻzbekiston hukumati tashabbusi bilan barpo etilgan ushbu yodgorlikning rasmiy ochilish marosimi joriy yil oxiricha oʻtkaziladi.
Odilbek Odamboyev,
“Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring