Madaniyat va sanʼat milliy mukofoti taqdimoti boʻlib oʻtadi

14:35 24 Yanvar 2023 Jamiyat
779 0

28-yanvar kuni Toshkent shahrida “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” madaniyat va sanʼat milliy mukofotini topshirish marosimi boʻlib oʻtadi. Unda mamlakatimiz madaniyati va sanʼatini yuksaltirish, uning xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirishda salmoqli, serqirra ijodi bilan katta hissa qoʻshgan isteʼdodli ijodkorlar taqdirlanadi.

Qayd etish lozimki, ushbu taqdirlash marosimi har yili anʼanaviy tarzda bir marta ijodkorlar oʻrtasida oʻtkaziladi.

Tanlovda teatr, sirk, musiqa sohasining estrada, anʼanaviy, akademik, folklor, bastakorlik, kompozitorlik, raqs, shuningdek, tasviriy va amaliy sanʼat, badiiy ijod hamda madaniyat va sanʼatning boshqa yoʻnalishlarida faoliyat yuritayotgan soha vakillari ishtirok etadi.

Mukofot uchun nomzodlarni tanlab olish jami 20 ta tegishli nominatsiya asosida tashkil etiladi.

Mukofotga sazovor boʻlgan ijodkorlar BHM(bazaviy hisoblash miqdori)ning 100 baravari miqdorida pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi va ularga mukofot maxsus statuetkasi hamda sertifikati topshiriladi.

Milliy mukofot marosimi soat 18:00da «Zoʻr TV» teleradiokompaniyasining «Renessans Xoll» suratga olish majmuasida oʻtkaziladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер