Lukashenko qachon prezidentlikni topshirishini aytdi

22:32 18 Avgust 2020 Dunyo
1497 0

Belorussiya rahbari Aleksandr Lukashenko konstitutsiyaga oʻzgartirish boʻyicha referendum oʻtkazilganidan keyin oʻzining lavozimini boshqa yetakchiga topshirishga tayyor boʻlishini maʼlum qildi.

Lukashenko bu soʻzlari bilan mamlakatda boʻlib oʻtayotgan ommaviy namoyishlar va ish tashlashlarni tinchlantirmoqchi boʻldi.

“Biz saylovlarni oʻtkazib boʻldik. Meni oʻldirmaguningizcha yangi saylovlar oʻtkazilmaydi” dedi Lukashenko.

Lekin u konstitutsiyani oʻzgartirishni taklif qildi.

“Biz oʻzgarishlarni referendum orqali amalga oshiramiz va men oʻzimning konstitutsion huquqlarimni topshiraman. Lekin bosim ostida yoki koʻchadagi namoyishlar sababli emas, balki qonuniy tarzda ketaman. Ha, men avliyo emasman. Siz mening yomon taraflarimni bilasiz. Men abadiy emasman. Biroq agar siz birinchi prezidentingizni xor qilsangiz, qoʻshni mamlakatlar prezidentlari va boshqa barcha prezidentlarni ham pastga urgan boʻlasiz” deya Lukashenkoning soʻzlarini keltirgan «Belta» axborot agentligi.

Hozirda Lukashenko oʻzining 26 yillik rahbarlik faoliyatidagi eng katta toʻsiqqa duch kelmoqda. Dushanba kuni omma oldiga chiqish qilgan «Sasha»ni odamlar “ket” degan soʻz bilan qarshi olishdi. Ayni paytda Lukashenkoga nafaqat ichkaridan bosim boʻlmoqda, balki Yevropa Ittifoqi ham namoyishlarni bostirishda ayovsiz harakatlar amalga oshirilgani uchun Belorussiyaga sanksiyalar joriy qilishni koʻrib chiqmoqda.

Qoʻshma Shtatlar Belorussiyadagi hozirgi holatni “dahshatli vaziyat” deb atagan.

Rossiya Belorussiyadagi vaziyatni yaqindan kuzatib borishining sababi shuki, Rossiya energiyasini Gʻarb davlatlariga yetkazib beruvchi quvurlar Belorussiyadan oʻtgan. Shuningdek, Rossiya Belorussiyani NATOdan toʻsib turuvchi hudud sifatida koʻradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер