Lukashenko Oʻzbekistonga AES qurilishida yordam taklif qildi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Oʻzbekiston elchisi Rahmatullo Nazarov bilan uchrashuvda atom elektr stansiyasini barpo etishda yordam taklif qildi, deb xabar bermoqda BelTA agentligi.
“Atom stansiyasi qurilishi borasida bizning mutaxassislarimizga qiziqishingiz borligini bilamiz. Biz rossiyaliklar tufayli bunday koʻnikmalarni (kompetensiyalarni) oʻzlashtirdik. Biz rossiyaliklar bilan ular atom energobloklarini qurayotgan dunyoning barcha nuqtalarida birga ishlayapmiz. Agar sizga maʼqul boʻlsa, xohlagan vaqtingizda keling. [Oʻzbekiston vakillari] mutaxassislar bilan oʻtirib gaplashishadi — vazir bu boʻyicha buyruq beradi”, — dedi Belarus yetakchisi.
Lukashenko Belarus Oʻzbekistonda AES qurilishiga har tomonlama koʻmaklashishini alohida taʼkidladi.
“Mutaxassislarimiz sizga qoʻldan kelgancha yordam berishi uchun harakat qilamiz. Qaysi yoʻnalishlarda siz uchun qiziq boʻlishimiz mumkinligini oʻzingiz koʻrib olasiz”, — deb qayd etdi u.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring