Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
Illyustrativ foto
Joriy yil 13-mart kuni Prezidentning “Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–104-son qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi» DM “Loyihalar va xaridlar samaradorligini oshirish markazi” DM (Markaz) etib qayta tashkil etiladi.
Quyidagi hujjatlarni Markazda kompleks ekspertizadan oʻtkazish amaliyoti bekor qilinadi, jumladan:
• 2026-yil 1-apreldan – loyihaoldi hujjatlarni ishlab chiqish uchun texnik topshiriqlar. Bunda ular Markazning elektron axborot platformasi (Platforma)da joylashtiriladigan namunaviy shakldan foydalangan holda ishlab chiqiladi;
• 2026-yil 15-apreldan – qiymati 15 mln AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlgan quyidagi loyihalarning loyihaoldi hujjatlari:
• byudjet tizimi byudjetlari, davlat maqsadli jamgʻarmalari, belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalar, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan;
• korporativ buyurtmachilar tomonidan amalga oshirilayotgan;
• 2026-yil 1-sentyabrdan bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar qoʻllagan holda import qilinadigan tovarlar roʻyxati. Bunda mazkur funksiya “Oʻzbekekspertiza” AJga oʻtkaziladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring