“Liverpul”da inqirozni boshidan oʻtkazmoqda
Kecha, 19-oktyabr kuni Angliya Premyer-ligasining 8-turidan oʻrin olgan bahslar yakunlandi. Kun doirasidan oʻrin olgan oʻyinda “Liverpul” jamoasi oʻz maydonida musobaqa jadvalida 13-oʻrinda boʻlgan “Manchester Yunayted” klubini qabul qildi.
Uchrashuvda hisob 2-daqiqadayoq mehmonlar tomonidan ochildi. “Qizil iblislar” hujumchisi Brayan Mbeumo jamoadoshi Amad Dialloning uzatmasidan soʻng gol kiritdi. Oʻyinning birinchi boʻlimi 0:1 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning 78-daqiqasida Kodi Gakpo hisobni tenglashtirdi. Ammo bu yakuniy natija boʻlmadi.
84-daqiqada “Manchester Yunayted” gʻalaba golini kiritdi. Jamoa sardori Harri Maguayr gʻalaba goliga mualliflik qildi.
Shu tariqa “Liverpul” klubi qatorasiga toʻrtinchi magʻlubiyatini qabul qilib oldi. Jamoa soʻnggi bor 24-sentyabr kuni Angliya Liga kubogi musobaqasidan oʻrin olgan bahsda “Sautgempton”ni magʻlubiyatga uchratgan edi.
“Liverpul” — “Manchester Yunayted” 1:2
Gollar: Gakpo (78) — Mbeumo (2), Maguayr (84).
“Liverpul”: Mamardashvili, van Deyk, Konate, Kerkez, Soboslai, Isak (Kyeza, 72), Mak Allister, Saloh (Frimpong, 87), Bredli (Virts, 62), Gakpo, Gravenberh (Jons, 62).
“Manchester Yunayted”: Lammens, Dalot, de Ligt, Maguayr, Maunt (Sheshko, 61), Fernandesh (Maynu, 87), Kunya, Amad (Dorgu, 58), Kazemiro (Ugarte, 58), Mbeumo, Shou (Yoro, 87).
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring