“Liverpul”da inqiroz davom etadi
Kecha, 29-oktyabr kuni Angliya Liga kubogi musobaqasining nimchorak final bosqichi oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Liverpul” jamoasi oʻz maydonida Londonning “Kristal Pelas” klubini qabul qildi.
Uchrashuv 0:3 hisobi mehmonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan gollarga Ismaila Sarr (2 ta) va Yeremi Pino mualliflik qildi.
Shu tariqa “Liverpul” klubi musobaqadagi ishtirokini yakunladi. “Mersisaydliklar” oʻtgan mavsum musobaqaning finaligacha yetib borishni uddalagan edi.
Maʼlumot uchun, bu “Liverpul”ning soʻnggi yettita rasmiy oʻyindagi oltinchi magʻlubiyati hisoblanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring