“Liverpul” navbatdagi transferni amalga oshirdi
Chempionlikni himoya qilish uchun kurashayotgan “Liverpul” klubi navbatdagi katta transferni amalga oshirdi.
Bu gal “mersisaydliklar” Italiyaning “Parma” jamoasi markaziy himoyachisi Jiovanni Leonini oʻz tarkibiga qoʻshib oldi.
Rasmiy xabarlarga koʻra, ushbu transfer uchun “Liverpul” klubi 35 million yevro toʻlagan.
Leoni yangi jamoasida haftasiga 45 ming funt maosh oladi. Tomonlar 6-yillik mehnat shartnomasi imzolashgan.
Maʼlumot uchun, 18 yoshli himoyachi professional faoliyati davomida 35 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. “Transfermarkt” portali uni 18 million yevroga baholayotgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring