“Liverpul” muhim gʻalabani qoʻlga kiritdi

11:46 12 Aprel 2026 Sport
404 0

Kecha, 11-aprel kuni futbol boʻyicha Angliya Premyer-ligasining 32-tur oʻyinlari davom ettirildi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Liverpul” jamoasi oʻz maydonida “Fulhem” klubini qabul qildi.

Uchrashuv mezbonlarning 2:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan dastlabki golga 36-daqiqada Rio Ngumoxa mualliflik qildi. Oradan 4 daqiqa oʻtib Muhammad Saloh “mersisaydliklar”ning ikkinchi golini kiritdi. Shu tariqa bahsning birinchi boʻlimi yakunlandi.

Ikkinchi boʻlim statistik jihatdan birinchi boʻlimdan qolishmadi. Ammo bahsda hisob boshqa oʻzgarmadi.

Ushbu gʻalabadan soʻng Arne Slot boshchiligidagi “Liverpul” 52 ochko jamgʻargan holda turnir jadvalida 5-oʻrinni mustahkamlab oldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер