Livan hududidan Isroil tomon 34 ta raketa uchirilgan
Arxiv surat
Livan hududidan Isroil tomon 34 ta raketa uchirildi, ulardan 25 tasi havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan tutib qolindi.
“25 ta raketa havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan tutib olindi. Isroil hududiga beshta raketa tushdi”, deyiladi Isroil armiyasi matbuot xizmati xabarida. Maʼlum qilinishicha, yana toʻrtta raketaning joylashuvi aniqlanmoqda. Taʼkidlanishicha, bu maʼlumotlar yakuniy emas.
Avvalroq, Livan “Hizbulloh” guruhining tegishli chaqiruvlaridan soʻng Livan tomonidan Isroilga bir necha raketa uchirilgani xabar qilingan edi.
Qayd etilishicha, Eron rasmiylari tomonidan qoʻllab-quvvatlangan “Hizbulloh” 5-aprel kuni Isroil politsiyasining Quddus togʻidagi Al-Aqso masjidi hududida musulmonlarni kaltaklaganiga javoban falastinliklarni barcha choralarni koʻrishga chaqirgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring