Limon eksporti 681 tonnaga oshgan
Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-mart oylarida 7 ta xorijiy davlatlarga qiymati 1,8 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 2,2 ming tonna limon eksport qilgan.
Limon eksporti 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 681 tonnaga oshgan.
2023-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston eng koʻp limon eksport qilgan davlatlar:
— Rossiya – 1,7 ming tonna
— Qirgʻiz R. – 298 tonna
— Qozogʻiston – 214 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring