Limon eksporti 362 tonnaga kamaygan
Illustrativ foto
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-oktyabr oylarida 8 ta xorijiy davlatlarga qiymati 3,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 3,3 ming tonna limon eksport qilgan.
Limon eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 362 tonnaga kamaygan.
2022-yilning 10 oyida Oʻzbekiston eng koʻp limon eksport qilgan davlatlar:
Rossiya – 2,2 ming tonna;
Qozogʻiston – 759 tonna;
Qirgʻiz R. – 392 tonna;
Xorijga eng koʻp limon eksport qilgan hududlar:
Fargʻona viloyati – 1,4 ming tonna;
Xorazm viloyati – 528 tonna;
Toshkent viloyati – 464 tonna;
Namangan viloyati – 258 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring