Leonardo da Vinchi shogirdining oʻgʻirlab ketilgan surati topildi
Neapoldagi uylarning biridan “Dunyo najotkori” suratining oʻgʻirlangan nusxasi topildi. Rasm Leonardo da Vinchi shogirdlaridan birining mehnat mahsuli hisoblanadi. Bu haqda “The Daily Mail” xabar bermoqda.
Asarning asl nusxasi dunyodagi eng qimmat surat sanaladi. Saudiya shahzodasi uni 450 million dollarga sotib olgan.
Surat nusxasi Neapoldagi ibodatxonalardan birida boʻlgan, ammo ikki yil oldin oʻgʻirlangan. Asar mahalliy aholidan birining uyidan topildi. Regnum nashrining maʼlum qilishicha, u hibsga olingan.
Sanʼatshunoslar topilgan nusxani yuqori qiymatga baholashmoqda. U XV asrda yaratilgan. Politsiya rasmni oʻz joyiga qaytargani.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring