Latviyaning nufuzli yangiliklar portalida O‘zbekistonning demografik salohiyatiga bag‘ishlangan maqola e'lon qilindi

15:08 08 Avgust 2023 Dunyo
538 0

Latviyaning nufuzli «JAUNS» yangiliklar portalida «Yangi O‘zbekistonning demografik salohiyati» sarlavhali  maqola latish tilida e'lon qilindi.

«Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida inson manfaatlari hamma narsadan ustun turadigan jamiyat barpo etish, munosib turmush sharoiti yaratish, barcha sohalarni jadal rivojlantirish o‘zgarishlarning asosiy maqsadi hisoblanadi, - deyiladi  nashrda. - Bu birgalikda davlat ravnaqini ta'minlashi, har bir fuqaroning ertangi kunga ishonchini oshirishi kerak».

Maqolada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning erishilgan muvaffaqiyatlari baholar ekan, demografik vaziyatning o‘zgarishlar sur'ati va chuqurligini, mamlakat aholisining uzoq muddatli tendensiyalarini hisobga olish zarurligi  qayd etilgan.

«JAUNS»  O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma'lumotlariga tayanib ma'lum qilishicha, 2023-yil 27-iyun holatiga ko‘ra, mamlakatda 36,4 million kishi istiqomat qiladi. «Taqqoslash uchun, 1920-yilda mamlakat aholisi 4,4 million kishini tashkil etgan. Ya'ni, o‘tgan asrda O‘zbekiston aholisi sakkiz barobardan ziyod ko‘paydi. 1920-yildan 2022-yilgacha bo‘lgan davrda tabiiy o‘sish sur'ati 20,9 promillega yetdi va 9,9 promillega oshdi», - qayd etadi portal.

Nashr ta'kidlanganidek, demografik imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarishning asosiy omili Yangi O‘zbekistonning xavfsiz va osoyishta davlat sifatida qurilishidir. Shuningdek, tinchlik va barqarorlik kafolatlarini yaratish uchun qo‘shni davlatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari jadal rivojlantirilayotgani, barcha davlatlar bilan ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat yuritilayotgani  qayd etilgan. «Demografik dividendni maksimal darajada oshirish, erkin migratsiya va sayyohlar oqimi uchun shart-sharoit yaratishni tinchliksevar tashqi siyosatsiz tasavvur etib bo‘lmaydi va bu element mamlakat kelajagi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi», - deb yozadi «JAUNS»

«JAUNS» ommabop  yangiliklar portali bo‘lib, trafik bo‘yicha kuchli uchlikka kiradi. Portal Latviya axborot xizmatlari segmentida ustun ulushni egallagan 20 dan ortiq bosma va 2 ta elektron nashrlar ta'sischisi bo‘lgan ushbu mamlakatdagi yirik nashriyot uyi «RĪGAS VIĻŅI» ning asosiy platformasi hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер