Kuz-qish mavsumida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yongʻin xavfsizligini taʼminlash maqsadida 400 dan ortiq ishchi guruh tashkil etildi

16:59 02 Oktyabr 2023 Jamiyat
380 0

AOKAda Favqulodda vaziyatlar va Energetika vazirligi mutasaddilari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlar, ularning oldini olish boʻyicha olib borilayotgan tadbirlar haqida maʼlumot berildi.

Qayd etilishicha, yongʻin xavfsizligi qoidalari talablarini targʻib qilish va fuqarolarning bilim koʻnikmalarini oshirish maqsadida 14 ming 520 marotaba 412 ming 478 nafar fuqarolar bilan uchrashuv va yigʻilishlar oʻtkazildi.

Profilaktik tadbirlar jarayonida 198 ming 559 ta tabiiy gaz va qattiq yoqilgʻida ishlatiladigan pechlar dudburonlaridagi aniqlangan 10 ming 262 ta nosozliklardan 9 ming 459 tasi tuzatildi.

Yongʻinlar sabablari tahlil qilinganda, ularning 36,3 foizi elektr uskunalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi, 26,8 foizi ochiq olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish, 14,4 foizi isitish pechlarini qurish va ishlatish qoidalarining buzilishi, 9,7 foizi bolalar shoʻxligi oqibatida yuzaga kelganligini koʻrsatadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер