Kutubxonalarda Inson huquqlari sohasidagi adabiyotlar yoʻnalishi tashkil etiladi
Foto: Arxiv surat
“Oʻzbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy taʼlim dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Qarorga koʻra:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar axborot-kutubxona markazlarida Inson huquqlari sohasidagi adabiyotlar yoʻnalishi tashkil etiladi.
2023/2024 oʻquv yilidan professional va oliy taʼlim tizimida “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari”, “Bola huquqlari” boʻyicha oʻquv va maxsus kurslar joriy etiladi. 2023-yil 1-iyungacha mazkur kurslar joriy etiladigan professional va oliy taʼlim tashkilotlarining aniq roʻyxati shakllantiriladi.
1-iyundan boshlab har yili “Inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi taʼlim va innovatsiyalar” milliy tanlovi oʻtkazib boriladi.
Shuningdek, 2023-yil 1-martdan tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va jazoni ijro etish muassasalari xodimlari uchun qiynoqqa solishga qarshi kurashish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari doimiy ravishda tashkil etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring