Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan dorixonalar aniqlandi

12:53 17 Yanvar 2024 Jamiyat
341 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “D.N.” MCHJga qarashli dorixonada sotuvchisi Ж.Х. fuqaroga 50 dona “Gabapentin” nomli dori vositasini shifokor retseptisiz 250 ming soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan 3 xil turdagi 640 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Yangixayot tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Ph.I.” MCHJga qarashli dorixonada 456 dona “Zardeks” va 500 dona “Gabapentin” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер