Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan dorixonalar aniqlandi

12:00 01 Dekabr 2023 Jamiyat
258 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Muzrabot va Furqat tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda “T.f.” oilaviy korxonasi hamda “Ph” MCHJga qarashli dorixona sotuvchilari xaridorlarga “Tebantin” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini retseptsiz sotgan vaqtlarida ushlanib, ushbu dorixonalardan jami 149 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер