Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmaliq shahar boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda muqaddam sudlangan U.M. noqonuniy daromad orttirish maqsadida jami 100 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini oʻtkazish maqsadida yonida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Qarshi tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “M.Ph.” MCHJga qarashli dorixona sotuvchisi A.Sh. hech qanday hujjatsiz jami 50 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini xaridorga sotgan vaqtida ushlanib, dorixonadan jami 94 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring