Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

17:31 06 Yanvar 2024 Jamiyat
475 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi, Uchtepa va Chilonzor tuman boʻlimlari tomonidan DXX va IIBB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda “A.S.”, “A” MCHJ va “R.-Ph.” xususiy korxonasiga qarashli dorixona sotuvchilari xaridorlarga hech qanday hujjatsiz jami 60 dona “Karbamazepin”, “Gabanerv”, “Tebantin” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotgan vaqtlarida ushlanib, ushbu dorixonalardan yana 12 860 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Xuddi shunday, Departamentning Fargʻona viloyat boshqarmasi, Uchkoʻprik tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda “T.Ph.”, “A.S.” MCHJlarga qarashli dorixonalarning sotuvchilari xaridorlarga hech qanday hujjatlarsiz jami 80 dona “Tebantin” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Oʻrikzor” MFY hududida harakatlanib kelayotgan “Nexia-2” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib koʻzdan kechirilganda, fuqaro Б.М.нинг yonidan 50 dona “Lirika” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер