Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

16:49 18 Dekabr 2023 Jamiyat
359 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻqon shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “R.” MCHJga qarashli dorixona mudiri M.I. xaridorga tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalari mavjud boʻlgan 3 xil turdagi 138 dona dori vositalarini sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan jami 1 293 dona dori vositalarini ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Navoiy shahar boʻlimi tomonidan viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda “K.M.” xususiy korxonasiga qarashli dorixona sotuvchisi D.N. xaridorga 50 dona “Reduksin” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini shifokor retseptisiz sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Jondor tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa, “F.M.” MCHJga qarashli dorixona sotuvchi F.I. hech qanday hujjatsiz 4 dona “Gabanerv” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro M.Sh.ga sotgan vaqtida ushlanib, dorixonadan jami 198 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) va 186-3-moddasi (tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalarini retsept boʻyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер