Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

10:59 11 Dekabr 2023 Jamiyat
285 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar F.U. va T.U. oʻzaro til biriktirib, fuqaro A.A.ga 34 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 3 mln soʻmga sotgan vaqtlarida ushlanib, ulardan jami 43 dona ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Yangihayot tumani boʻlimi tomonidan DXX va IIB JQB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor-tadbirda, fuqarolar N.U. va R.R. fuqaroga 9 dona “Tropikamid" nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 4,2 mln soʻmga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Yashnobod tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan yana bir tezkor tadbirda fuqaro S.X.ning yonidan 1 dona paketda oʻtkir hidli kukunsimon modda, 25 dona “Zardeks” va 5 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirilib olingan.

Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “S.A.” MCHJ dorixonasi sotuvchisi S.B. fuqaro A.F.ga 39 dona “Gabaten” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini shifokor retseptisiz sotgan vaqtida ushlanib, sotish maqsadida saqlanib kelingan 50 dona ushbu dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergovga tegishliligi boʻyicha yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер