Kuchli shamol Samarqand viloyatining ayrim hududlariga zarar yetkazdi
Foto: Халқ сўзи
Kecha tunda kuzatilgan kuchli shamol viloyatning Payariq tumanidagi uylarga zarar keltirdi.

Kuchli shamol tumanning Alisher Navoiy nomidagi mahallasi Xalqobod koʻchasida joylashgan uy-joylar binosi tom qismini uchirib yubordi. Xuddi shunday holatlar Kattaqoʻrgʻon shahrining ham qator manzillarida kuzatildi.

Ayni damda mazkur holatlar oʻrganilmoqda. Hokimliklar axborot xizmatining xabariga koʻra, tabiiy ofat natijasida jarohatlanganlar yoʻq.
Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring