Kuchli shamol Xovos tumanidagi koʻp qavatli uyning tom qismini uchirib yubordi
Foto: Sirdaryo viloyati uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi
Kuchli shamol Sirdaryo viloyati Xovos tumanidagi koʻp qavatli uying tom qismini uchirib yuborgan. Bu haqda viloyat uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi maʼlum qildi.
Maʼlum boʻlishicha, 5-fevral kuni tumanning “Paxtakor” mahallasida joylashgan koʻp qavatli uyning kuchli shamol oqibatida tom qismiga qattiq shikast yetgan.
Hozirda Xovos tumani uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimi xodimlari tomonidan koʻp qavatli uyning shikastlangan tom qismini taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring